Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Yevropa Ittifoqi bigtech kompaniyalari uchun yangi soliqni koʻrib chiqmoqda

Financial Times nashrining yozishicha, CORE taklifi daromadi €100 mln dan oshadigan kompaniyalarni har yili yigʻim toʻlashga majbur qiladi.

8-oktabr, 15:32
Ank Kumar / Wikimedia Commons

Yevrokomissiya yillik daromadi €100 mln dan ortiq boʻlgan kompaniyalar uchun yagona soliq joriy etish masalasini muhokama qilmoqda. Gap bahsli raqamli xizmatlar soligʻi oʻrnini bosadigan CORE loyihasi haqida bormoqda.

Taxminlarga koʻra, yigʻim faqat eng yirik korporatsiyalarga, jumladan texnologiya gigantlariga taalluqli boʻladi. Soliq miqdori hozircha belgilanmagan — yiliga €100 mingdan €750 minggacha boʻlgan summalar tilga olinmoqda. Qaror Yevropa Ittifoqining barcha 27 davlati tomonidan kelishib olinishi kerak.

Tashabbus AQSh bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni tartibga solishga qaratilgan. Donald Tramp Amerika IT-kompaniyalariga soliq joriy etayotgan mamlakatlar tovarlariga 100 foizlik bojlar kiritish bilan tahdid qilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media