Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Honda elektromobillar uchun simsiz quvvatlantiruvchi yoʻllarni sinovdan oʻtkazadi

Kompaniya hamkorlari bilan birgalikda mashinalarni toʻxtamasdan, harakat davomida quvvatlantirish imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqdi, deyiladi Honda rasmiy press-relizida.

5-oktabr, 19:10
Republish · SI

Honda, Taisei Corporation va Taisei Rotec yoʻl qoplamasi orqali energiyani simsiz uzatish texnologiyasini yaratdi. Tizim elektromagnit induksiyadan foydalanadi hamda yengil va yuk elektromobillari uchun moʻljallangan.

Yaponiyaning umumiy foydalanishdagi yoʻllarida sinovlar 2027-yilning aprelidan boshlanadi. Texnologiya ogʻirligi 20 tonnagacha boʻlgan yuk mashinalariga moʻljallangan boʻlib, 150 kVt gacha quvvat uzatilishini taʼminlashi kerak. Honda avtomobillar uchun qabul qiluvchi modullarni, hamkorlar esa yoʻllar uchun infratuzilmani ishlab chiqdi.

Loyiha boʻyicha birgalikdagi ishlar 2025-yildan buyon olib borilmoqda. Sinovlar maxsus jihozlangan trassa uchastkasida oʻtkaziladi, u yerda tizimning chidamliligi va uning turli transport turlari uchun samaradorligi tekshiriladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media