Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 11 980,36EUR 13 134,07RUB 145,62Payshanba, 19-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Nvidia tushum hozircha tez oʻsishda davom etishini vaʼda qilmoqda

Hisobot davrida chip ishlab chiqaruvchi 115,8 mlrd dollar tushum oldi — bu bir yil avvalgidan 103 foiz koʻp. Natija kompaniyaning oʻz prognozidan ham yuqori boʻldi: Nvidia tushum 108 mlrd dollarni tashkil etishini kutgandi.

18-noyabr, 23:54
BoliviaInteligente на Unsplash / Unsplash

Bosh direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi Colette Kress biznes oʻsishi davom etishini maʼlum qildi. Nvidia prognoziga koʻra, toʻrtinchi chorakda tushum 130 mlrd dollarga yetadi, bunda 3 foiz ogʻish ehtimoli bor.

Kompaniya, shuningdek, 2028-moliya yili uchun tushum oʻsishi prognozini 70 foizdan 75 foizgacha oshirdi.

Chorak davomida Nvidia oʻz aksiyalarini qayta sotib olish va dividendlar koʻrinishida aksiyadorlarga 28,1 mlrd dollar qaytardi. Yana 227,3 mlrd dollar aksiyalarni qayta sotib olish dasturi doirasida qolmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media