Toshkentdagi oʻrtoqlik uchrashuvi uchun Oʻzbekiston va Rossiya terma jamoalarining asosiy tarkiblari eʼlon qilindi
Oʻzbekiston va Rossiya terma jamoalari bosh murabbiylari Toshkentda boʻlib oʻtadigan oʻrtoqlik uchrashuvi uchun asosiy tarkiblarni maʼlum qildi. Oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
13-noyabr, 00:29

Oʻzbekiston terma jamoasida sardorlik bogʻichini Eldor Shomurodov, Rossiya terma jamoasida esa Konstantin Tyukavin taqib chiqadi.
Oʻzbekiston: Nazarov — Karimov, Mahamajonov, Urozov, Abdu Majidov, Mozgovoy, Esanov, Gʻaniyev, Hamdamov, Fayzullayev, Shomurodov.
Rossiya: Safonov — Vaxaniya, Melexin, Silyanov, Krugovoy, Kislyak, Oblyakov, Batrakov, Sadulayev, Gladishev, Tyukavin.




