OpenAI BAA neft kompaniyasiga sunʼiy intellektni joriy etishda yordam beradi
Abu-Dabining milliy neft kompaniyasi ADNOC ChatGPT ishlab chiquvchisi — OpenAI kompaniyasi — va G42 texnologik guruhi bilan uzoq muddatli kelishuv tuzdi.

ADNOC sunʼiy intellekt yordamchilari va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish uchun OpenAI Frontier platformasidan foydalanadigan ilk energetika kompaniyasiga aylanadi.
Sunʼiy intellekt neft quduqlari, xarajatlar va bozor sharoitlariga oid maʼlumotlarni tahlil qiladi. Konlarni oʻzlashtirish rejalarini tayyorlashga ketadigan vaqt bir necha oydan bir necha soatgacha qisqarishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, sunʼiy intellekt neftga boʻlgan talabni, narxlar oʻzgarishini va neft qazib olish rentabelligini prognoz qilishga yordam beradi.
Hozir ADNOC 200 dan ortiq sunʼiy intellekt ilovasidan foydalanadi, ChatGPTʼning korporativ versiyasi esa 40 mingdan ortiq xodim uchun mavjud.



