“Toshkent” birjasida Uzum va Agat Credit valyuta obligatsiyalari savdosi boshlandi
Kompaniyalar yillik daromadliligi 11,5 foizgacha boʻlgan 60 million dollarlik obligatsiyalarni chiqardi, ularni 6-oktabrdan boshlab birjada sotib olish mumkin.

“Toshkent” respublika fond birjasida ikki kompaniyaning — Agat Credit mikromoliya tashkiloti hamda UB Assets Holding (Uzum ekotizimiga kiradi) xoldingining valyuta obligatsiyalari joylashtirildi. Chiqarilgan obligatsiyalarning umumiy hajmi 60 million AQSH dollarini tashkil etdi.
Nominal qiymati 100 dollar boʻlgan Agat Credit obligatsiyalari boʻyicha toʻlovlar har oy amalga oshiriladi, yillik daromadliligi esa 11,5 foizga teng. Qimmatli qogʻozlarning muomala muddati — ikki yil. UB Assets Holding har chorakda foiz toʻlab boriladigan, yillik kupon stavkasi 8,5 foiz boʻlgan 50 ming dollarlik obligatsiyalarni chiqardi. Mazkur qogʻozlar qariyb uch yil (1080 kun) davomida muomalada boʻladi.
Har ikkala emissiya ham moliya bozoridagi tajribalar uchun moʻljallangan maxsus rejim — “tartibga solish qumdoni” doirasida roʻyxatdan oʻtkazildi. Kompaniyalar Oʻzbekistonda xorijiy valyutada obligatsiya joylashtirgan ilk emitentlar qatoridan joy oldi. Qimmatli qogʻozlar savdosi 6-oktabrda boshlandi.
