Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

«GTA grippi» kult oʻyini chiqarilgach ommalashmoqda

GTA 6 chiqishi fonida turli mamlakatlardagi xodimlar oʻyin uchun kasallik taʼtili yoki dam olish kunlarini olishlari kutilmoqda. Avstraliyada taʼtil soʻrovlari 29 foizga oshdi, deb yozadi IGN.

19-noyabr, 18:04
ign.com

Buyuk Britaniya Milliy sogʻliqni saqlash xizmati oʻyinchilarga muntazam tanaffus qilishni va bilak hamda barmoqlarning takroriy harakatlari tufayli jarohatlanish xavfini yodda tutishni tavsiya qildi. Tavsiyalar uzoq davom etadigan oʻyin seanslari arafasida paydo boʻldi.

Buyuk Britaniya va Irlandiyadagi maktablar ota-onalarni oʻquvchilar «GTA grippi» bilan kasallanganini aytishlari mumkinligidan ogohlantirdi. Norvichdagi taʼlim muassasalaridan biri hatto darslarga kelishni ragʻbatlantirish uchun sovgʻa kartalarini taklif qildi.

Avstraliyada 18 yoshdan 44 yoshgacha boʻlgan erkaklar oʻyin ishga tushiriladigan kun atrofidagi yillik taʼtil soʻrovlarining 75 foizini tashkil etdi. The Sydney Morning Herald bahosiga koʻra, ishga chiqmasliklar sabab mamlakat iqtisodiyoti kamida 70 mln dollar ololmay qolishi mumkin: har 100 xodimdan kamida biri kasallik taʼtili olishi kutilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

The Daily Star AQShda 1,5 mln, Buyuk Britaniyada esa 2,1 mln xodim ishda boʻlmasligi mumkinligini baholadi. Nashr, shuningdek, Amerika iqtisodiyotidagi mehnat unumdorligi yoʻqotishlari bir kunning oʻzida 1 mlrd dollarni tashkil etishi mumkinligini taxmin qildi. Bu baholar kutilayotgan ishga chiqmasliklarga, jumladan, oldindan rasmiylashtirilgan dam olish kunlariga ham taalluqli.

Take-Two Interactive rahbari Strauss Zelnick avvalroq 19 noyabr kuni oʻyin uchun kasallik taʼtili oladigan xodimlar soni katta boʻlishini kutayotganini aytgan edi.