Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 010,45EUR 13 200,69RUB 145,64Chorshanba, 18-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Cambridge Dictionary sunʼiy intellektdan qoʻrquvlar fonida “inson”ni 2026-yil soʻzi deb eʼlon qildi

Shu tariqa lugʻat sunʼiy intellektning oʻzlik, ijodkorlik va insonning oʻziga xosligiga taʼsiri borasidagi xavotirlar kuchayib borayotganini aks ettirdi.

18-noyabr, 18:27
ru.euronews.com

Cambridge Dictionary “human” soʻzini yil soʻzi deb eʼlon qildi. Lugʻat bahosiga koʻra, tanlov sunʼiy intellekt insoniylik haqidagi tasavvurlarni qanday oʻzgartirayotgani va odamlar bilan mashinalar oʻrtasidagi chegarani xiralashtirayotgani haqidagi munozaralar bilan bogʻliq.

Lugʻat leksikografi Kolin MakIntoshning taʼkidlashicha, fikrlashga oid vazifalarni sunʼiy intellektga topshirish odamlarni texnologiyalarga qanchalik bogʻlanib qolganini qayta koʻrib chiqishga majbur qilmoqda — matematik tadqiqotlardan tortib, bolalarni oʻqitishgacha.

Cambridge Dictionary “human” soʻzini odamlarga xos fazilatlar, kamchiliklar va his-tuygʻularga ega boʻlish, yaʼni xudolar, hayvonlar yoki mashinalardan farq qilish deb izohlaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yil soʻzi unvoni uchun boshqa daʼvogarlar qatorida mustaqil ravishda qaror qabul qila oladigan avtonom sunʼiy intellekt tizimi — “agent”, shuningdek, analog, raqamli boʻlmagan dunyo bilan bogʻliq “analogue” soʻzi ham bor edi.

2023-yilda Cambridge Dictionary “hallucinate” soʻzini yil soʻzi deb tanlagan. Bu atama sunʼiy intellekt tomonidan yolgʻon yoki chalgʻituvchi axborot yaratilishini anglatadi.