Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Sport

NASCAR chempioni poyga avtomobillarini jiddiy oʻzgartirishga chaqirdi

Amerikalik sobiq poygachi va 2014-yilgi NASCAR chempioni Kevin Harvik AQShning bosh poyga seriyasidagi avtomobillarni modernizatsiya qilishni taklif qildi.

13-noyabr, 15:25

Uning fikricha, hozirgi avtomobillarga quvvat yetishmaydi, kichik texnik oʻzgarishlar esa asosiy muammolarni hal qilmaydi.

Harvik NASCARʼga butunlay yangi, sakkizinchi avlod avtomobili kerak emas, deb hisoblaydi. Buning oʻrniga u hozirgi Next Gen modelini sezilarli darajada takomillashtirishni taklif qilmoqda va uni shartli ravishda Gen 7.5 deb atadi.

Zarur oʻzgarishlar qatoriga dvigatel quvvatini oshirish, avtomobil tag qismini qayta ishlab chiqish va ehtiyot qismlarni yetkazib berish tizimini qayta koʻrib chiqish kiradi. Poygachining soʻzlariga koʻra, bunday qarorlar qimmatga tushishi va ishlab chiqaruvchilarning noroziligiga sabab boʻlishi mumkin, biroq musobaqalarni yanada tomoshabop qiladi.

Harvik quyi darajadagi poyga seriyalari avtomobillarini jiddiy modernizatsiya qilishga ham qarshi chiqdi. Uning fikricha, tashkilotchilar avvalo NASCAR Cup Series bosh chempionatiga eʼtibor qaratishlari kerak.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media