Airbus jahon havo transporti bozori 2045-yilgacha ikki baravar oshishini prognoz qildi
Yevropalik samolyot ishlab chiqaruvchi kompaniya bozor hajmi $420 mlrdgacha oshishini va sohada 2,44 mln ish oʻrni yaratilishini kutmoqda.
2045-yilgacha jahon aviatsiya xizmatlari bozori joriy yilga nisbatan ikki baravar oʻsib, $420 mlrdga yetadi. Bu haqda Airbus prognozida aytilgan.
Bozorning keyingi 20 yil ichidagi oʻrtacha yillik oʻsishi 3,7%ni tashkil etadi. Bu 2,44 mln ish oʻrni yaratilishiga olib keladi: uchuvchilar uchun 660 mingta, bort kuzatuvchilari uchun 1,05 mln ta va mexaniklar uchun 730 mingta.
Eng katta oʻsish raqamli texnologiyalar va aloqa segmentida kutilmoqda — 2045-yilgacha u $27 mlrdga yetadi (+yiliga 5,3%). Samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatishga boʻlgan talab $217 mlrdga, rejali texnik xizmat koʻrsatish esa $36 mlrdga yetadi.
2045-yilgacha jahon samolyotlar parki ikki baravar koʻpayib, 45 550 ta samolyotdan oshadi.
Yana oʻqing
