Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Oʻzbekistonga oʻqish uchun kelgan chet elliklar soni 1,7 baravarga oshdi

2026-yil yanvar–oktyabr oylarida Oʻzbekistonga oʻqish uchun 57,6 ming nafar chet ellik tashrif buyurdi — bu koʻrsatkich bir yil avvalgidan 1,7 baravar koʻp, deya xabar berdi Milliy statistika qoʻmitasi.

27-noyabr, 22:14
stat.uz

Eng koʻp oʻquvchi Turkmanistondan — 21 206 nafar, shuningdek Hindistondan — 16 971 nafar kelgan. Keyingi oʻrinlarda Tojikiston, Qirgʻiziston, Xitoy va Pokiston fuqarolari qayd etilgan.

Statistikaga Misr, Koreya Respublikasi, Filippin, AQSh, Turkiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Buyuk Britaniya, Eron, Iordaniya, Afgʻoniston, Qozogʻiston, Bangladesh, Nepal va Rossiyadan kelganlar ham kiritilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media