«Uzuklar hukmdori: Gollum ovi» suratga olindi, premyera 2027-yil dekabrda
Warner Bros. Pictures «Gollum ovi» suratga olish ishlari yakunlanganini maʼlum qildi. Film 2027-yil 17-dekabrda kinoteatrlarda namoyish etiladi.

Filmni ishlab chiqarish yakunlandi va loyiha endi postprodakshn bosqichiga oʻtadi. Jamoa montaj hamda vizual effektlar ustida ishlaydi.
Suratga olish ishlari yakunlangani IGN eʼlon qilgan End of Production nomli sahna ortidagi videoda maʼlum qilindi. Videoda rejissyor ishlar tugaganini eʼlon qiladi, guruh aʼzolari esa Gollum, uning xom baliqqa boʻlgan muhabbati va suratga olish maydonidagi sharoitlarga qoʻyiladigan talablarni hazilomuz tarzda muhokama qiladi.
Filmda Ian McKellen Gandalf, Elijah Wood Frodo, Lee Pace Thranduil, Jamie Dornan Aragorn va Anya Taylor-Joy oʻrmon elfi Seren rollarini ijro etgan. Andy Serkis Gollum rolini ijro etgan va rejissyor boʻlgan.
Kartina Jon Ronald Ruel Tolkien kitoblari asosidagi kinofranshizani davom ettiradi. Serkis «Uzuklar hukmdori» trilogiyasi hamda «Hobbit» filmlarida Gollum rolini ijro etgan.




