Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Oʻzbekistondagi 127 ta un korxonasida qoidabuzarliklar aniqlandi

Mamlakatdagi un ishlab chiqaruvchilarning 127 tasida faoliyat talablari buzilgani hamda tegishli sanitariya va sifat hujjatlari mavjud emasligi aniqlandi.

6-oktabr, 13:00
Republish · SI

Raqobat qoʻmitasi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda birja savdolarida Jamgʻarma bugʻdoyini sotib olgan tegirmonlarni qayta tekshirdi. Respublika boʻyicha roʻyxatga olingan 301 ta ishlab chiqaruvchining texnik imkoniyatlari, donni qayta ishlash hajmi va omborlari koʻzdan kechirildi.

Aniqlanishicha, 49 ta korxona oʻz ishlab chiqarish bazasiga ega boʻlmasdan, buyurtma xomashyosi asosida faoliyat yuritadi. Shuningdek, 42 ta korxonada muvofiqlik sertifikati, 8 tasida esa sanitariya-epidemiologik xulosasi mavjud emasligi maʼlum boʻldi, ayrim sexlar faoliyati esa vaqtincha toʻxtab qolgan.

Tekshiruv yakunida nazorat organi birjadan xarid qilingan don resurslaridan maqsadli foydalanishni kuchaytirish va sohadagi tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha tegishli idoralarga takliflar kiritdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media