«MYu» bosh murabbiy lavozimiga Desham va Hyurtseler ham kirgan toʻqqiz nomzodni koʻrib chiqdi
«MYu» bosh murabbiy Didye Desham va «Brayton» ustozi Fabian Hyurtseler nomzodlarini muhokama qildi. Bu lavozimga Maurisio Pochettino tanlandi: u 18 noyabr kuni isteʼfoga chiqarilgan Maykl Kerrikning oʻrnini egallaydi.

Variantlar orasida Unai Emeri, Sesk Fabregas, Antonio Konte, Eddi Hau, Yulian Nagelsmann va Sebastyan Hyoness ham bor edi. Hyurtseler masalasida «Brayton» rahbariyati bilan bogʻlanishdi: uni taklif qilish 15 mln funt sterlingdan koʻproq mablagʻ talab qilishi mumkin edi, biroq mutaxassis mavsumni jamoa bilan yakunlamoqchi boʻlgan.
Desham bilan muzokaralar natija bermadi: «MYu» fransiyalik mutaxassis klub qiziqishidan Saudiya Arabistoniga ehtimoliy koʻchib oʻtish uchun oʻz pozitsiyasini yaxshilash maqsadida foydalangan, deb taxmin qildi. Konte vakillari uning «Napoli»dan ketganidan keyin ishga tayyor ekanini oʻzlari maʼlum qilishdi, biroq manchesterliklar bu mavzuni rivojlantirmadi.
Hau nomzodlarning yakuniy roʻyxatiga kiritilmadi, Nagelsmann va Hyonessni taklif qilish esa ingliz futbolidagi ish tajribasi yoʻqligi sababli xavfli deb topildi. Yakunda klub murakkab vaziyatda APL tajribasiga ega, tajribaliroq mutaxassis kerak, degan qarorga keldi.




