The Atlantic: ishchi Amerika Trampdan yuz oʻgirdi
AQShdagi oraliq saylovlar Demokratik partiya uchun katta muvaffaqiyat bilan yakunlandi.

AQShdagi oraliq saylovlarga bagʻishlangan materialida The Atlantic Ayova shtatidagi Des Moines okrugi haqida hikoya qiladi. 2008 yilda bu yerda Barak Obama 23 punkt farq bilan gʻalaba qozongan. 2016 yilda okrug Tramp tomoniga oʻtdi, ikki yil avval esa Tramp unda 15 punkt ustunlik bilan gʻalaba qozondi. Demokratlar Missisipi boʻyidagi bu «daryo okruglari»ni butunlay boy berilgan deb hisoblashardi.
Nashr jurnalisti saylovlar kechasini Burlington shahridagi mahalliy demokratlar bilan birga oʻtkazdi. Mamlakat boʻylab partiyaning Ogayo, Janubiy Karolina va Texasdagi gʻalabalari haqidagi xabarlar kelayotgan paytda, ular hali oʻz shtatlaridagi natijalarni bilmay, televizor ekraniga ishonqiramay qarab oʻtirishardi.
Oxir-oqibat, bu tun ular uchun gʻalabali boʻldi. Demokrat Rob Sand 55,5 foiz ovoz olib, Ayova gubernatori boʻldi. 2006 yildan beri shtatdagi gubernatorlik saylovlarida demokrat gʻalaba qozonmagandi. AQSh Senatiga saylovda demokrat Josh Turek respublikachi Eshli Hinsonni ortda qoldirdi: 50,5 foizga qarshi 46,4 foiz. Demokratlar Ayovadagi Senat saylovlarida 2008 yildan beri gʻalaba qozona olmagan edi.
Ayovadagi natijalar 2016 va 2024 yillarda Trampga ovoz bergan saylovchilarning bir qismi bu safar demokratlarni qoʻllab-quvvatlaganini koʻrsatmoqda. The Atlantic yozishicha, endi asosiy savol bu burilish uzoq muddatli boʻladimi yoki amaldagi maʼmuriyatga qarshi bir martalik norozilik boʻlib qoladimi, degan masaladir.




