Tramp ilm-fan sammitida Mask, Brin, Dell va Nadellaga medallar topshiradi
Taqdirlash marosimi “Fan: yangi oltin davr” sammiti doirasida boʻlib oʻtadi. Fox News xabariga koʻra, laureatlar qatoridan Tesla, Google, Microsoft va boshqa texnologiya gigantlari rahbarlari joy oladi.

Условия / Shartlar / Terms
This image is available from the United States Library of Congress's Prints and Photographs division under the digital ID ppbd.00608.This tag does not indicate the copyright status of the attached work. A normal copyright tag is still required. See Commons:Licensing. · Изменён размер и формат файла.AQSh prezidenti Donald Tramp texnologiya sohasi yetakchi tadbirkorlarini Milliy fan medali hamda Milliy texnologiya va innovatsiyalar medali bilan taqdirlaydi. Laureatlar orasida Ilon Mask (SpaceX, Tesla), Sergey Brin (Google hammuassisi), Jensen Huang (Nvidia), Liza Su (AMD), Maykl Dell va Satya Nadella (Microsoft) bor.
Taqdirlanayotganlarning har biri turli vaqtlarda prezident yoki Respublikachilar kampaniyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun moliyaviy xayriyalar qilgan. Masalan, Mask 2024-yilda Trampning saylovoldi kampaniyasiga 290 million dollardan ortiq mablagʻ oʻtkazgan, Dell esa rafiqasi bilan birga AQShdagi bolalar uchun jamgʻarma hisoblarini ochishga moʻljallangan *Trump Accounts* tashabbusiga 6,25 milliard dollar ajratgan.
Avvalroq Tramp texnologiya kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazib, ular bilan sunʼiy intellektni rivojlantirish boʻyicha “maʼnan majburiy” hujjatni imzolagan.


