Ineos Fransiyadagi zavodni BYDʼga sotishni rejalashtirmoqda
Kompaniya Grenadier yoʻltanlamasi va Quartermaster pikapini AQShda 2028-yilda yigʻishni boshlashni rejalashtirmoqda. Fransiyadagi zavod BYDʼga sotishga tayyorlanmoqda.

Ineos Automotive AQShda kelajakdagi korxonasi uchun joy tanlamoqda va ehtimoliy maydonlar roʻyxatini allaqachon tuzgan. Kompaniyaning jahon miqyosidagi savdolarining qariyb 70 foizi Amerika bozoriga toʻgʻri keladi. Shu sababli ishlab chiqarishni asosiy xaridorlarga yaqinroq hududga koʻchirish rejalashtirilmoqda.
Avtomobillarni AQShda yigʻish amalda qoʻllanayotgan import tariflarining katta qismidan qochish imkonini ham beradi. Hozir Grenadier yoʻltanlamasi va Quartermaster pikapi Fransiyaning Hambax shahridagi zavodda ishlab chiqarilmoqda.
Kompaniya ushbu korxonani Xitoyning BYD kompaniyasiga sotish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Hozircha mavjud zavod tanlanadimi, yangi korxona quriladimi yoki boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchisining boʻsh quvvatlaridan foydalaniladimi — bu masala hal qilinmagan. Yakuniy qaror yaqin oylar ichida kutilmoqda. Ishlab chiqarishni koʻchirish Ineosʼning butun jahon miqyosidagi ishlab chiqarishini qamrab olishi kerak.




