Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Sport

UEFA Millatlar ligasining 2026/2027-yilgi chorak finaliga qurʼa tashlandi

Bosqichdagi eng shov-shuvli qarama-qarshilik Ispaniya va Fransiya uchrashuvi boʻladi. Shuningdek, Norvegiya Angliyaga, Niderlandiya Portugaliyaga, Belgiya esa Germaniyaga qarshi oʻynaydi.

21-noyabr, 02:49
championat.com

Keyingi bosqich uchun ham juftliklar maʼlum boʻldi. Niderlandiya va Portugaliya duelida gʻalaba qozongan jamoa yarim finalda Ispaniya — Fransiya juftligidagi kuchliroq raqibga qarshi maydonga tushadi. Belgiya yoki Germaniyani magʻlub etgan jamoa final yoʻllanmasi uchun Norvegiya va Angliya qarama-qarshiligida kuchli kelgan raqib bilan kurashadi.

Chorak final ikki uchrashuvdan iborat formatda oʻtkaziladi: dastlabki oʻyinlar 2027-yil 25–27-mart kunlariga, javob uchrashuvlari esa 28–30-mart kunlariga belgilangan. Final bosqichiga mezbonlik qiladigan mamlakat keyinroq eʼlon qilinadi. Yarim finallar 9 va 10-iyun kunlari boʻlib oʻtadi, 13-iyun kuni esa kubok sohibi va bronza medali sovrindori aniqlanadi.

Amaldagi chempion — Portugaliya terma jamoasi. U avvalgi finalda Ispaniya bilan durang oʻynadi (2:2) va penaltilar seriyasida aniqroq harakat qilib, 5:3 hisobida gʻalaba qozondi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media