Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 11 935,37EUR 13 432,07RUB 145,58Payshanba, 5-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot va moliya

Shveytsariya Usmanov va Fridmanga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi

Oʻzgarishlarni Iqtisodiy masalalar boʻyicha davlat kotibiyati (SECO) eʼlon qildi, ular 4-noyabrdan kuchga kirdi.

5-noyabr, 13:29

Forbes bahosiga koʻra, Usmanovning boyligi 14,5 mlrd dollarni, Fridmanning boyligi esa 16,5 mlrd dollarni tashkil etadi.

Cheklovlar Qrim federal universitetining sobiq rektori Andrey Falaleyev va Redbird Corporate Services Ltd. kompaniyasiga nisbatan ham bekor qilindi. Yana uch kishi vafot etgani munosabati bilan roʻyxatdan chiqarildi. Shu bilan birga, Shveytsariya roʻyxatga Rossiyaning harbiy-sanoat majmuasi, banklari, energetika va logistika sohasi bilan bogʻliq 254 ta yangi shaxs va tashkilotni kiritdi.

Sentabr oyida Yevropa Ittifoqi shaxsiy sanksiyalarni 2029-yilgacha uzaytirdi, biroq Usmanov va Fridmanni roʻyxatda qoldirmadi. Reuters maʼlumotlariga koʻra, Usmanovni roʻyxatdan chiqarishni Fransiya va Slovakiya, Fridmanni chiqarishni esa Lyuksemburg qoʻllab-quvvatlagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing