Milliarder Rey Dalio sunʼiy intellekt bozoridagi pufak tez orada yorilishi haqida ogohlantirdi
Investor vaziyatni dotkomlar pufagi bilan taqqoslab, foiz stavkalari va boylikka solinadigan soliqlar oshishi bilan bogʻliq xatarlarga eʼtibor qaratdi, deb yozadi Bloomberg.

Условия / Shartlar / Terms
Own work · Изменён размер и формат файла.Rey Dalio sunʼiy intellekt bozori qulash arafasida turgan «klassik pufak»ka aylanganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, kompaniyalar sunʼiy intellektni rivojlantirish uchun katta miqdorda qarz mablagʻlarini jalb qilmoqda, biroq foiz stavkalarining oshishi bunday investitsiyalarni zararli qilib qoʻymoqda.
Dalio, shuningdek, boylikka solinadigan soliqlar va aktivlarni naqd pulga aylantirish zarurati qulashni tezlashtirishi mumkinligini taʼkidladi. «Hamma oʻzining milliardlab boyligi haqida gapiradi, ammo undan foydalanish uchun aktivlarni sotish kerak — shunda pufak yoriladi», — deya tushuntirdi u.
Avvalroq, 2025-yil yanvarida investor sunʼiy intellekt atrofidagi shov-shuvni dotkomlar pufagi bilan taqqoslagan edi. Hozir texnologiya gigantlari sunʼiy intellekt infratuzilmasiga yuzlab milliard dollar sarflamoqda, koʻpincha kreditlar hisobidan. Obligatsiyalar daromadliligi esa koʻp yillik eng yuqori koʻrsatkichlarga yetdi.


