Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 11 980,36EUR 13 134,07RUB 145,62Payshanba, 19-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Apple TV videopodkastlar orqali mavqeini mustahkamlaydi

Yangi funksiya alohida obuna rasmiylashtirmasdan Apple Podcastsʼdagi kontentni katta ekranlarga olib chiqish imkonini beradi.

19-noyabr, 00:58
hollywoodreporter.com

Apple kompaniyasi oʻzining striming xizmatini yanada kengaytirmoqda: foydalanuvchilar videopodkastlarni bevosita Apple TV ilovasi orqali tomosha qilishlari mumkin boʻladi.

Foydalanuvchilar tomoshani iPhone yoki boshqa Apple qurilmasida boshlab, keyin televizorda aynan toʻxtagan joyidan davom ettirishlari mumkin. Koʻrish tarixi ilovalar oʻrtasida sinxronlanadi.

Bu qaror videopodkastlarning tobora ommalashib borayotgani bilan bogʻliq. Apple maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi uch oyda platformada video eʼlon qiladigan shoular soni ikki baravardan koʻproqqa oshdi, mavjud videoepizodlar soni esa qariyb uch baravar koʻpaydi. Shu bilan birga, video versiyalarini qoʻshgan mashhur podkastlar auditoriyasi oʻrtacha 20 foizga oshdi.

Shu tariqa, Apple YouTube, Spotify va Netflix bilan faol raqobat qilayotgan podkastlar bozoridagi mavqeini mustahkamlashni koʻzlamoqda. Yangi funksiya mualliflarga qoʻshimcha auditoriyani jalb qilish va kontentni monetizatsiya qilish imkoniyatlarini kengaytirishga ham yordam beradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media