Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 010,45EUR 13 200,69RUB 145,64Chorshanba, 18-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Boston Dynamicsʼning Atlas roboti GlobalFoundries zavodlarida sinovdan oʻtkaziladi

2027-yil boshidan GlobalFoundries gumanoid Atlas robotini sinay boshlaydi. U Boston Dynamicsʼning yarimoʻtkazgichlar sohasidagi erta joriy etish dasturining ilk ishtirokchisi boʻladi.

18-noyabr, 14:04
ixbt.com

GlobalFoundries Atlasni oʻz korxonalarida sinash rejalarini eʼlon qildi. Dastlab kompaniyalar robot zavodlarda qanday vazifalarni bajara olishi, uni ishlab chiqarish jarayonlariga qoʻshish qanchalik murakkabligi va zavodlarni bunday mashinalar paydo boʻlishiga qanday tayyorlash kerakligini baholaydi. Atlasning aniq vazifalari va robotlar soni hozircha oshkor qilinmagan.

Shu bilan birga, GlobalFoundries toʻrt oyoqli Spot robotlaridan foydalanishni kengaytiradi. AQSh, Germaniya va Singapurdagi korxonalarda mashinalar uskunalarni mustaqil tekshiradi va obyektlar holati haqida maʼlumot toʻplaydi.

Kompaniya maʼlumotiga koʻra, hamkorlik davomida Spot robotlari 90 mingdan ortiq inspeksiya oʻtkazgan, eʼlon qilingan muvaffaqiyat darajasi esa 99 foizni tashkil etgan. Avtomatlashtirishning bir bosqichida ikki hafta ichida 875 ta muntazam tekshiruv bajarilgan. Minglab nazorat nuqtalaridan olingan maʼlumotlar GlobalFoundriesʼga nosozliklarni bartaraf etishdan ularni oldindan bashorat qilishga oʻtishga yordam berishi kerak.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media