Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Oyga parvoz uchun dasturiy taʼminot yaratgan Margaret Hamilton vafot etdi

Apollo 11 missiyasi uchun bort dasturiy taʼminotini ishlab chiqqan dasturchi 90 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda MIT.

9-oktabr, 13:47

Margaret Hamilton Apollo kosmik kemasi uchun dasturiy taʼminot yaratgan MIT jamoasiga rahbarlik qilgan. Uning ishi 1969-yilda insonning ilk bor Oyga qoʻnishiga yordam berdi.

Hamilton bort kompyuteri uchun vazifalarni ustuvorlik asosida rejalashtirish tizimini ishlab chiqdi. Apollo 11 Oy modulini qoʻndirish vaqtida tizim maʼlumotlar bilan ortiqcha yuklanganida, bu yechim nosozlikning oldini olishga yordam berdi. Uning qarorlari tufayli kompyuter oʻta muhim operatsiyalarni bajarishda davom etdi va missiya muvaffaqiyatli yakunlandi.

U, shuningdek, tasodifiy xatolardan himoya mexanizmini taklif qildi: sinov paytida uning toʻrt yoshli qizi notoʻgʻri dasturni ishga tushirib yuborgan edi. Dastlab bu gʻoya rad etildi, biroq Apollo 8 parvozi vaqtida shunga oʻxshash hodisa yuz bergach, keyinchalik u amaliyotga joriy qilindi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media