Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Mikro, kichik va oʻrta biznes Oʻzbekistondagi bandlikning 75 foizini taʼminlaydi

Hududiy loyihalar hisobidan yana 320 mingta ish oʻrni yaratish rejalashtirilmoqda

27-noyabr, 09:34

2030 yilgacha mikro, kichik va oʻrta korxonalarning yirikroq toifalarga oʻtish surʼatlarini ikki baravar oshirish, ushbu sektorning bandlikdagi ulushini 80 foizga yetkazish va norasmiy bandlikni qisqartirishni davom ettirish rejalashtirilgan. Bu haqda 25 noyabr kuni prezident huzuridagi taqdimotda maʼlum qilindi.

2017 yildan beri 11 million kishi qashshoqlikdan chiqdi. Mikro, kichik va oʻrta biznes Oʻzbekistondagi bandlikning 75 foizini taʼminlaydi, biroq yalpi ichki mahsulotning 55 foizini shakllantiradi. Mikro korxonalarning atigi 4 foizi yirikroq toifalarga oʻtmoqda. 2030 yilgacha oʻrta sinf ulushini 90 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Tadbirkorlarga biznesni yoʻlga qoʻyishdan tortib tashqi bozorlarga chiqishgacha kompleks koʻmak koʻrsatish rejalashtirilmoqda. Koʻmak vositalari qatoridan kreditlar, kafolatlar, kafilliklar, lizing, faktoring, venchur moliyalashtirish va kapitalga investitsiyalar oʻrin oladi. Shuningdek, oʻqitish va maslahat xizmatlari ham koʻzda tutilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Markaziy bank kreditga layoqatlilikni muqobil usulda baholashni, banklar va fintech kompaniyalari oʻrtasida maʼlumotlarni xavfsiz almashishni yoʻlga qoʻyishni hamda bitta ariza orqali bir nechta bankning takliflarini olish imkonini berishni taklif qildi. Hududlarda biznes-inkubatorlar, loyiha ofislari va «yagona darcha» tamoyili asosida tuman darajasidagi qoʻllab-quvvatlash markazlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Qiymati 81 trillion soʻm boʻlgan mingta hududiy loyiha hisobidan 320 mingta ish oʻrni yaratish rejalashtirilmoqda. Mirziyoyev tashabbuslarni takomillashtirish va idoralarning vazifalarini belgilash boʻyicha topshiriq berdi.