Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 010,45EUR 13 200,69RUB 145,64Chorshanba, 18-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Nyu-Yorkda bino qulaganidan soʻng toʻrt kun vayronalar ostida qolgan mushuk qutqarildi

Nyu-Yorkda qutqaruvchilar bino qulaganidan keyin toʻrt kun vayronalar ostida qolgan Ayzek ismli mushukni topdi. Hayvon 13 yoshli egasiga topshirilib, veterinarlarga olib borildi.

18-noyabr, 00:56
Mikhail Vasilyev / Unsplash

Mushuk uning egasi, 13 yoshli Zariya Koulmanning xonadonidagi oshxona rakovinasi ostidagi shkafchadan topildi. Qutqaruvchilar past ovozda miyovlaganini eshitib, Ayzekni qizga topshirdi. Uy hayvoni tekshiruv uchun veterinariya klinikasiga olib borildi.

Bino 11 noyabr kuni qulab tushgan. Sakkiz kishi halok boʻlgan, yana 18 kishi jarohatlangan, qoʻshni bir nechta uylarning aholisi esa evakuatsiya qilingan. Zariyaning xonadonida yotoqxona devorining bir qismi qulab, uning oʻrnida teshik hosil boʻlgan.

Nyu-York meri Zohran Mamdani mushukning qutqarilgani haqida maʼlum qilib, shahar xizmatlariga minnatdorlik bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, Ayzek zarur veterinariya yordamini olyapti.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media