Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Oʻzbekiston va Tojikiston landshaftlar hamda oʻrmonlarni muhofaza qilish boʻyicha kelishib oldi

Oʻzbekiston va Tojikiston landshaftlarni barqaror boshqarish hamda oʻrmon yongʻinlari haqida mintaqaviy ogohlantirish tizimini yaratish boʻyicha ikki niyat deklaratsiyasini imzoladi. Hujjatlar COP31 doirasida imzolandi.

16-noyabr, 16:16

Deklaratsiyalar «Markaziy Osiyo landshaftlari barqarorligini oshirish uchun mintaqaviy hamkorlik» nomli yuqori darajadagi tadbir yakunlari boʻldi. Unda mintaqa mamlakatlari, xalqaro tashkilotlar va rivojlanish hamkorlari vakillari ishtirok etdi.

Hujjatlardan biri landshaftlarni barqaror boshqarish va ekotizimlar barqarorligini oshirish uchun tabiatga asoslangan yechimlardan foydalanishni nazarda tutadi. Ikkinchi hujjat oʻrmon yongʻinlari haqida mintaqaviy ogohlantirish tizimini shakllantirishga bagʻishlangan.

Erishilgan kelishuvlar, kutilishicha, xalqaro hamkorlar va moliya institutlari ishtirokidagi amaliy loyihalar uchun asos yaratadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Keyinchalik Qozogʻiston, Turkmaniston va Qirgʻiz Respublikasi ishtirokida yana ikki niyat deklaratsiyasini imzolash rejalashtirilmoqda.

Tadbirda Jahon banki koʻmagida amalga oshirilayotgan RESILAND CA+ dasturi taqdim etildi. U landshaftlarni tiklash, tabiiy resurslarni barqaror boshqarish va Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqlimga chidamliligini oshirishni nazarda tutadi. Mintaqaviy komponentni Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi muvofiqlashtiradi.