Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Mirziyoyev Markaziy Osiyoda talab yuqori boʻlgan kasblar atlasini yaratishni taklif qildi

Oʻzbekiston prezidenti bu hujjat universitetlarga mintaqa iqtisodiyotining real ehtiyojlariga mos mutaxassislar tayyorlashda yordam beradi, deb hisoblaydi.

9-oktabr, 17:44
Пресс-служба Президента Республики Узбекистан / president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon uchun kasblar hamda kompetensiyalarning mintaqaviy atlasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi. Bu taklif Turkmanistonda boʻlib oʻtgan davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvida bildirildi.

Atlasda yaqin yillarda tanqis boʻlishi kutilayotgan mutaxassisliklar va kadrlarga ortib borayotgan talab boʻyicha prognozlar jamlanadi. Bu taʼlim muassasalariga oʻquv dasturlarini sanoat, transport, energetika va raqamli texnologiyalar ehtiyojlarini hisobga olgan holda moslashtirish imkonini beradi. Istiqbolda mutaxassislarni mintaqadagi muayyan xalqaro loyihalar uchun tayyorlash rejalashtirilmoqda.

Mirziyoyev demografik salohiyat va yoshlar sonining ortib borishi taʼlimga ustuvor eʼtibor qaratishni talab qilishini taʼkidladi. Kadrlar tayyorlash sifati Markaziy Osiyo iqtisodiyotining kelgusi oʻn yilliklardagi taqdirini belgilaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media