Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Sunʼiy intellekt bilan bogʻliq kompaniyalar aksiyalari Applied Digitalʼning koʻp milliard dollarlik kelishuvidan soʻng keskin oshdi

Amerikaning Applied Digital kompaniyasi nomi oshkor etilmagan yirik bulutli hisoblash operatori bilan 5,4 mlrd dollarlik uzoq muddatli kelishuv tuzganidan soʻng uning aksiyalari 26 foizga qimmatlashdi. Sunʼiy intellekt infratuzilmasini rivojlantirish haqidagi yangiliklar fonida ushbu sektorning boshqa kompaniyalari aksiyalari ham oshdi.

24-noyabr, 15:50
247wallst.com

Applied Digital maʼlumotlarni qayta ishlash markazi quvvatlarini 18 yil muddatga ijaraga berish boʻyicha shartnoma imzoladi. Yirik bulutli xizmatlar operatori 150 MVt hajmidagi hisoblash quvvatlaridan foydalanish imkoniga ega boʻladi. Shartnomaning bazaviy qiymati 5,4 mlrd dollarni tashkil etadi, uzaytirish boʻyicha barcha opsiyalardan foydalanilganda esa 33 yilgacha boʻlgan muddatda 12,7 mlrd dollarga yetishi mumkin. Quvvatlarni yetkazib berish 2028 yilning birinchi yarmida boshlanishi kutilmoqda.

Bu yangilik sunʼiy intellekt uchun infratuzilmani rivojlantirayotgan boshqa kompaniyalar aksiyalarini ham qoʻllab-quvvatladi. Cipher Digital aksiyalari 19 foizga, TeraWulf aksiyalari 15 foizga, Core Scientific aksiyalari esa 14 foizga oshdi. IREN aksiyalari yanada koʻproq — 28 foizga qimmatlashdi.

Oʻsishga turtki bergan qoʻshimcha omil Jensen Huangning NVIDIA bosh direktori lavozimiga qaytishi haqidagi xabar boʻldi. Shu fonida kompaniya aksiyalari 27 foizga oshdi.

Investorlarning sektorga qiziqishi maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari va sunʼiy intellekt uchun hisoblash quvvatlariga talab ortib borayotgani fonida kuchaydi. Biroq soha kompaniyalari qarz yukining yuqoriligi bilan yuzlashmoqda, ularning aksiyalari keyingi dinamikasi esa keng koʻlamli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish va ularni moliyalashtirishni taʼminlash qobiliyatiga bogʻliq boʻladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media