Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Toshkentda Amerika standartlari asosida elektrotexnika uskunalari zavodi quriladi

Toshkentda qiymati 42 mln dollar boʻlgan INNOVATION TECHNOLOGIES zavodi loyihasi amalga oshirilmoqda: birinchi bosqichni 2027 yil oxirida ishga tushirish va 650 ta ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan.

25-noyabr, 14:35

Loyiha ustidagi ishlar iyun oyida Toshkent xalqaro investitsiya forumidan keyin boshlangan. Hozir loyiha faol bosqichda, uskunalar esa allaqachon shaharga yetkazilgan.

Birinchi bosqichga 42 mln dollar, jumladan, 29,4 mln dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya kiritish rejalashtirilgan. Korxonada 180 dan ortiq turdagi mahsulot — transformatorlar, generatorlar, elektr dvigatellari, nasoslar, podstansiyalar va taqsimlash qurilmalarini ishlab chiqarish koʻzda tutilgan.

Ishlab chiqarish lazer yordamida kesish uchun uskunalar, robotlashtirilgan payvandlash uskunalari va CNC dastgohlari bilan jihozlanadi. Shuningdek, sinov laboratoriyasi ham tashkil etiladi. Mutaxassislar Amerika standartlari asosida oʻqitiladi, mahsulotlarni esa ANSI/IEEE talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Birinchi bosqichda mahsulotlar Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari bozorlariga yoʻnaltiriladi. Istiqbolda loyiha AQSh bozoriga chiqishni ham nazarda tutadi. Misdan tayyorlanadigan yuqori texnologiyali mahsulotlar va data-markazlar uchun uskunalar ishlab chiqarish masalasi ham alohida koʻrib chiqilmoqda. Birinchi bosqichni 2027 yil oxirida ishga tushirish rejalashtirilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media