Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Madaniyat

«Ochlik oʻyinlari» jahon prokatidagi ilk dam olish kunlarida 225 mln dollar yigʻdi

«Ochlik oʻyinlari: Hosil tongi» filmi Shimoliy Amerika prokatida yetakchilik qildi va jahon miqyosida muvaffaqiyatli start oldi. Dastlabki dam olish kunlarida film qariyb 225 mln dollar daromad keltirdi.

25-noyabr, 23:10
hollywoodreporter.com

Lionsgate studiyasining yangi filmi AQSh va Kanadadagi kinoteatrlarda taxminan 120 mln dollar, xalqaro bozorlarda esa yana 105 mln dollar yigʻdi. Bu Shimoliy Amerika prokatida yilning eng yaxshi beshta startidan biridir.

Film franshizaning oltinchi qismi boʻlib, avvalgi filmlarda Vudi Harrelson ijro etgan personaj — Heymitch Abernethy tarixini hikoya qiladi. Voqealar original seriya tarixidan 24 yil oldin kechadi.

Bosh rolni Jozef Zada ijro etdi. Filmda, shuningdek, Makkenna Greys, Reyf Fayns, Jessi Plemons va El Fanning suratga tushgan. Rejissyor Fransis Lourens boʻlib, u franshizaning avvalgi filmlaridan bir nechtasi ustida ham ishlagan.

Filmning ishlab chiqarish budjeti taxminan 150 mln dollar deb baholanmoqda. Tomoshabinlar CinemaScore tizimida filmga A- bahosini berishdi. Muvaffaqiyatli start 2023 yilda chiqqan avvalgi prikvel — «Ilonlar va sayroqi qushlar balladasi»ning nisbatan kamtarona kassa natijalaridan keyin franshizaning mavqeini mustahkamladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media