Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

AI yashirin yurak signalini aniqladi: u toʻsatdan oʻlimni bashorat qilishi mumkin

UC Berkeley olimlari oddiy EKGda toʻsatdan yurak oʻlimi xavfi bilan bogʻliq signalni topdi. AI uni standart skriningdan aniqroq tanidi.

16-noyabr, 11:25

Algoritm Shvetsiyadagi 440 000 dan ortiq elektrokardiogramma asosida oʻqitildi: elektr koʻrsatkichlari oʻlim haqidagi guvohnomalar maʼlumotlari bilan taqqoslandi. Keyin model dastlabki tanlanmadan tashqarida ham ishlashini baholash uchun AQSh va Tayvandagi bemorlarning tibbiy yozuvlari asosida tekshirildi.

Xavfni standart baholash odatda yurak har bir qisqarganda qancha qon haydashiga asoslanadi. Bu usul toʻsatdan yurak oʻlimining yillik xavfi 4,6 foiz boʻlgan bemorlar guruhini aniqlaydi. EKGga asoslangan model esa xavfi 7 foiz boʻlgan guruhni ajratdi va shu bilan birga xavfi yuqori boʻlgan kengroq toifani ham aniqladi.

Odatdagi tekshiruvda bu toifadagi odamlarning koʻpchiligi xavfi nisbatan past deb baholangan boʻlardi. Bunda algoritmga yangi tekshiruvlar kerak emas: u shifoxonalar va tibbiyot markazlarida muntazam olinadigan standart EKG tasvirlarini tahlil qiladi.

Natijalar Nature jurnalida chop etildi. Istiqbolda bu usul shifokorlarga qaysi bemorlarga implantatsiya qilinadigan defibrillyator oʻrnatish yoki qoʻshimcha kuzatuv tayinlash kerakligini hal qilishda yordam berishi mumkin. Hozir bunday qurilmalar oxir-oqibat kerak boʻlmaydigan odamlarga ham oʻrnatiladi, xavf ostidagi ayrim bemorlar esa aniqlanmay qoladi. Shifoxonadan tashqarida yuragi toʻsatdan toʻxtagan odamlarning qariyb 90 foizi bir necha daqiqada vafot etadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media