Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,46EUR 13 461,47RUB 149,44Dushanba, 2-noyabr 2026-yil
Sport

«Al-Nassr» Ronaldusiz OFK Chempionlar ligasida «Paxtakor» darvozasiga olti gol urdi

Saudiya Arabistonining «Al-Nassr» klubi OFK Elite Chempionlar ligasi 2026/2027 mavsumining umumiy bosqichidagi toʻrtinchi turda toshkentlik «Paxtakor»ni yirik hisobda magʻlub etdi. «Paxtakor» stadionida oʻtgan uchrashuv mehmonlarning 6:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.

2-noyabr, 21:49
Republish · instagram.com/alnassr

Saudiya klubi hisobni 15-daqiqadayoq ochdi — Abdulla al-Hamdan gol urdi. Oradan ikki daqiqa oʻtib, Joau Feliks ustunlikni ikki karra oshirdi, 32-daqiqada esa portugaliyalik futbolchi dubl qayd etdi. 36-daqiqada Flamarion «Paxtakor» uchun gollardan birini qaytardi. Tanaffusdan keyin «Al-Nassr» safida Abdulela al-Amri (53-daqiqada) va Abdurahmon Garib (62-daqiqada) gol urdi. Dostonbek Hamdamov 75-daqiqada farqni qisqartirdi, uchrashuvga esa 79-daqiqada Anjelo Gabriel yakuniy nuqtani qoʻydi.

Krishtianu Ronaldu uchrashuvda qatnashmadi. «Al-Nassr» yetakchisi oʻyin qaydnomasiga kiritilmadi va u jamoa bilan Toshkentga uchib kelmadi.

Toʻrt turdan keyin «Paxtakor» ikki ochko bilan jadvalning 12-pogʻonasida bormoqda. «Al-Nassr» olti ochko jamgʻargan va toʻrtinchi oʻrinda turibdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing