Oʻzbekistonda logistika markazlari 2040 yilgacha soliqlardan ozod qilinadi
Prezident transport-logistika tizimini rivojlantirish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi. Unda qator shartlarga rioya qilgan holda imtiyozlar berilishi koʻzda tutilgan, deb xabar bermoqda Gazeta.uz.

Условия / Shartlar / Terms
Фото Zemos на Unsplash · Размер и формат изменены для сайта; метаданные файла удалены · Прессматериал правообладателяOʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev transport-logistika sohasini rivojlantirishga qaratilgan 2026 yil 12 oktabrdagi qarorni imzoladi. Hujjatda 2026–2030 yillarga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlar, jumladan, logistika markazlarining yillik quvvatini 40 mln tonnagacha, transport xizmatlari eksportini esa 3,5 mlrd dollargacha oshirish belgilangan.
ESKATO talablariga javob beradigan, «E-logistika» platformasida reytingi «BB»dan past boʻlmagan, terminallar va omborlarni boshqarishning raqamli tizimlariga ega logistika markazlari 2040 yilgacha yer soligʻi va mol-mulk soligʻidan ozod qilinadi. Shuningdek, 2029 yil 1 avgustgacha ular mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan uskunalar — ombor texnikasi, yuklash agregatlari va ehtiyot qismlarni olib kirishda bojxona bojlarini toʻlamaydi.
2030 yilga borib mamlakatdagi xalqaro quruq portlar soni 30 taga yetadi, chegara punktlarining oʻtkazish qobiliyati va konteynerlarni qayta ishlash quvvatlari esa ikki baravar oshadi. Andijon viloyatidagi Xonobod, Buxoro viloyatidagi Olot tumani, Surxondaryo viloyatidagi Termiz tumani, shuningdek, Toshkent viloyatidagi Yangiyoʻl va Ohangaron tumanlarini logistika sohasiga ixtisoslashtirish koʻzda tutilgan.
Yana oʻqing
