Batumida Yevropa ligasi oʻyinida «Beshiktash» muxlislari politsiya bilan toʻqnashdi
Batumida «Beshiktash» va «Hapoel Beʼer-Sheva» oʻyini muxlislar politsiya bilan toʻqnashgach toʻxtatildi. Gruziya IIV 16 kishi qoʻlga olingani va uch politsiyachi yaralanganini bildirdi.
28-noyabr, 03:07

ru.euronews.com
Turkiya klubining muxlislari tribunada Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi banner ochdi. Oʻyin 25-daqiqada toʻxtatilib, 30 daqiqadan keyin qayta boshlandi.
Gruziya IIV maʼlumotiga koʻra, muxlislar politsiyachilarga oʻrindiqlarni uloqtirgan. Natijada 16 kishi qoʻlga olingan, uch nafar politsiya xodimi yaralangan.
«Beshiktash» politsiya banner paydo boʻlganidan keyin kuch ishlatganini maʼlum qilib, UEFAga shikoyat berganini bildirdi. Gruziya tomoni bu ayblovlarni rad etdi.




