Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Qozogʻiston Ozarbayjon orqali Yevropaga «yashil» elektr energiyasini eksport qilishni rejalashtirmoqda

Qozogʻiston Kaspiy dengizi tubidan oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan kabel orqali Ozarbayjon orqali Yevropaga «yashil» elektr energiyasini yetkazib berishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Interfax.

27-noyabr, 13:49
Varistor60 / Wikimedia Commons

Qozogʻistonning Ozarbayjondagi elchisi Alim Bayel loyihaga Oʻzbekiston va Ozarbayjon ham qoʻshilganini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, chuqur suv osti kabelini yotqizish boʻyicha ishlar allaqachon boshlangan. Kabel Markaziy Osiyodan Ozarbayjon orqali Yevropaga elektr energiyasini uzatishi va Kaspiy hamda Qora dengizlar orqali oʻtadigan energetika koʻprigining bir qismiga aylanishi kerak.

Avvalroq Ozarbayjon energetika vaziri Parviz Shahbazov «Markaziy Osiyo — Ozarbayjon» yashil energiya koridorini 2032 yilda ishga tushirish rejalashtirilayotganini aytgandi. Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Ozarbayjon bunday energiyani rivojlantirish va uzatish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni 2024 yil 13 noyabrda imzolagan.

Loyihani amalga oshirish uchun uch mamlakat energetika tizimlari operatorlari Green Corridor Alliance qoʻshma korxonasini tashkil etdi. Uning tarkibiga «Azerenerji», Qozogʻistonning KEGOC kompaniyasi va «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ kirdi. Bayel, shuningdek, Qozogʻiston ichki ehtiyojlarni taʼminlash va eksport qilish uchun elektr energiyasi ishlab chiqarishni oshirmoqchi ekanini, elektr stansiyalari qurilishi esa milliardlab dollar miqdorida investitsiya talab qilishini bildirdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media