Shahzoda Uilyam va Keyt Middlton Hindiston bosh vaziri bilan uchrashadi
Tashrif qirollik juftligining Mumbayga safari yakunlanganidan keyin boʻlib oʻtadi.

Shahzoda Uilyam va uning rafiqasi Keyt Middlton Nyu-Dehliga tashrif buyurib, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashadi. Kensington saroyi maʼlumotiga koʻra, uchrashuv Buyuk Britaniya va Hindiston oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan. Tomonlar biznes, taʼlim, texnologiyalar va madaniyat sohalaridagi hamkorlikka eʼtibor qaratishni rejalashtirmoqda.
Safarning asosiy tadbiri 17-noyabr kuni Mumbayda boʻlib oʻtadigan Earthshot Prize ekologik mukofotini topshirish marosimi boʻladi. Mukofot Uilyam tashabbusi bilan atrof-muhitni muhofaza qilish loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun taʼsis etilgan.
Keyt uchun bu 2022-yildan beri marosimdagi ilk ishtirok boʻladi. Hindistonga safari davomida malika, shuningdek, kichik yoshdagi bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash boʻyicha mahalliy yondashuvlar bilan tanishishni rejalashtirmoqda — bu u uzoq vaqtdan beri shugʻullanib kelayotgan mavzu.
Er-xotin Hindistonga oxirgi marta 2016-yilda birga tashrif buyurgan. Oʻshanda ular Narendra Modi bilan ham uchrashgan.




