Qoraqalpogʻistonda yangi gazkondensat koni ochildi
Moʻynoq tumanidagi «Qoratau» maydonida sanoat ahamiyatiga ega gaz va kondensat zaxiralari aniqlandi, buni «Oʻzbekneftgaz» AJ tasdiqladi.

Tasvir sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan va hujjatli surat emas
Mazkur kon Ustyurt mintaqasining markaziy qismida joylashgan. Bu yerdagi birinchi qidiruv qudugʻi 4860 metr chuqurlikkacha burgʻilandi. 3-oktabr kuni 3273–3213 metr chuqurlikdagi qatlamlardan sanoat miqyosidagi gaz va kondensat oqimi olindi.
Joriy yil oxirigacha maydonda ikkinchi quduqni burgʻilashni yakunlash hamda uchinchi va toʻrtinchi quduqlarda ishlarni boshlash rejalashtirilgan. Yangi konning ochilishi hududdagi chuqur qatlamlarni oʻrganish istiqbollarini tasdiqladi.
Reklama
ReklamaReklama beruvchilar uchun
Manba: Daryo.uz

