Oʻzbekiston va Kanada savdo hamda investitsiya masalalarini muhokama qildi
Oʻzbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov va Kanada elchisi Kristofer Daggan oʻzaro savdo oʻsishi, investitsiyalar, taʼlim va turizm sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi.
19-noyabr, 14:27

Muzokaralarda tomonlar Kanada kapitali va ilgʻor texnologiyalarini Oʻzbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga jalb etish masalasini alohida koʻrib chiqdi. Shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni mustahkamlash masalasi muhokama qilindi.
Saidov Kanada elchisining faoliyati ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.




