Norvegiya va Buyuk Britaniya Ukrainaga patrul katerlarini topshiradi
Norvegiya va Buyuk Britaniya Ukraina Qora dengizdagi dengiz yoʻlagini himoya qilishi uchun qiymati 1 mlrd norvegiya kronasi ($102,3 mln) boʻlgan ikkita tezyurar patrul katerini topshirishni rejalashtirmoqda.

Ikki mamlakat bosh vazirlari bu haqda Berlinda «xohish bildirgan davlatlar koalitsiyasi» bilan uchrashuvda maʼlum qildi. Katerlar Yevropa yetkazib beruvchilarining uskunalari, komponentlari va tizimlari bilan jihozlanadi.
Norvegiya bosh vaziri Jonas Gar Styorega koʻra, hamkorlik Ukrainaning oʻzini, iqtisodiyoti va eksportini, jumladan, Qora dengiz orqali don yetkazib berishni himoya qilish salohiyatini kuchaytirishi kerak.
Norvegiya Ukrainaga yordamni Nansen dasturi orqali moliyalashtirmoqda. Mamlakat hukumati 2027 yil uchun fuqarolik va harbiy koʻmakka 85 mlrd krona ($8,7 mlrd) ajratishni rejalashtirmoqda.




