Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 010,45EUR 13 200,69RUB 145,64Chorshanba, 18-noyabr 2026-yil
Sport

«MYU» murabbiylar shtabiga tarixda ilk bor ayol qoʻshiladi — Sílvia Tuya Pochettino qoʻl ostida jismoniy tayyorgarlikni boshqaradi

«Manchester Yunayted» murabbiylar shtabida tarixda ilk bor ayol ishlaydi. Maurisio Pochettino jamoasining jismoniy tayyorgarligi bilan 46 yoshli ispaniyalik Sílvia Tuya shugʻullanadi.

18-noyabr, 02:38
sports.ru

Tuya argentinalik mutaxassis bilan 2024-yil oktabridan beri hamkorlik qilib kelmoqda. Oʻshanda u Pochettinoning AQSh terma jamoasidagi shtabiga qoʻshilgandi. Tuya sport fanlari boʻyicha doktorlik darajasiga (PhD) ega. Pochettino bilan ishlashdan avval u Ispaniya ayollar chempionatining yuqori divizionida oʻynaydigan «Levante Badalona» klubida murabbiylik qilgan, shuningdek, Barselona universiteti huzuridagi Kataloniya Milliy jismoniy tarbiya institutida dars bergan.

Pochettino bilan ishlagan davrida Tuya futbolchilar bilan mashgʻulotlarni tez-tez oʻzi oʻtkazgan — ham maydonda, ham trenajyor zalida.

Klubga 148 yil boʻlgan va Tuyagacha «MYU»ning erkaklar jamoasi shtabiga biror ayol ham kirmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media