Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Toshkent atrofi issiqxona xoʻjaliklari «yashil» texnologiyalarga oʻtishni taklif qildi

Tarmoq vakillari poytaxt hududida qolish uchun isitish tizimlarini modernizatsiya qilish va chiqindilarni onlayn monitoring qilishni yoʻlga qoʻyishga tayyor, deb xabar beradi Gov.uz.

13-oktabr, 14:15
Erwan Hesry / Unsplash

Poytaxt hududidagi issiqxona xoʻjaliklari ekologik toza isitish texnologiyalariga oʻtish sharti bilan ishlashga ruxsat berishni hokimiyat organlariga taklif qildi. Ular tabiiy gaz, elektr energiyasi, geotermal va quyosh energiyasidan, shuningdek, issiqlik elektr stansiyalarining ikkilamchi issiqlik energiyasidan foydalanishga tayyor.

Agar bu texnologiyalardan foydalanish imkoni boʻlmasa, xoʻjaliklar koʻmirni chiqindilarni tozalash va filtrlash tizimlari bilan jihozlangan zamonaviy qozonlarda ishlatishni taklif qilmoqda. Chiqindilar haqidagi barcha maʼlumotlar Milliy ekologik monitoring markaziga onlayn rejimda uzatilishi kerak. Tegishli idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh takliflarni koʻrib chiqdi, biroq filtrning tajriba namunasini sinovdan oʻtkazish natijasida chiqindilar miqdori ruxsat etilgan meʼyorlardan oshgani aniqlandi.

Hozir qozonxona uskunalari filtrlari uchun xavfsiz standartlarni tasdiqlaydigan hujjat loyihasi tayyorlanmoqda. Modernizatsiyaga rozi boʻlgan xoʻjaliklar uchun subsidiyalar va soliq imtiyozlari koʻzda tutilgan. Ekologik xavfsiz tizimlarni oʻrnatmagan xoʻjaliklar poytaxt hududida ishlay olmaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media