Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Huawei oʻz operatsion tizimida 100 mln qurilmaga erishilganini eʼlon qildi

Xitoyning Huawei kompaniyasi HarmonyOS operatsion tizimi oʻrnatilgan smartfonlar, planshetlar va kompyuterlar soni 100 mln dan oshganini maʼlum qildi. Bu Androidʼga muqobil boʻlishi kerak boʻlgan kompaniyaning oʻz dasturiy platformasini rivojlantirishdagi muhim bosqichdir.

24-noyabr, 20:06
ixbt.com

Ushbu natijani Huawei ijrochi direktori Yu Chengdong 2026-yil 24-noyabrda eʼlon qildi. Statistikaga HarmonyOS 5, 6 va 7 versiyalarida ishlaydigan qurilmalar kiritilgan.

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, ekotizim allaqachon 460 mingdan ortiq ilova va servisni oʻz ichiga oladi, roʻyxatdan oʻtgan dasturchilar soni esa 12 mln dan oshgan.

HarmonyOSʼning yangi versiyasining asosiy xususiyati shundaki, u endi Android asosidan foydalanmaydi va odatiy Android ilovalarini ishga tushirishni qoʻllab-quvvatlamaydi. Shu sababli Huawei dasturchilar va servis ishlab chiqaruvchilarini jalb qilgan holda oʻz dasturiy ekotizimini yaratishiga toʻgʻri keldi.

Kompaniyaga 100 mln qurilma marrasiga yetish uchun tizimning yangi arxitekturasi 2024-yil oktabrida tijoriy ishga tushirilganidan beri qariyb 25 oy kerak boʻldi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media