Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Xitoy bortida uch kosmonavt boʻlgan kemani orbital stansiyaga yubordi

Uch kosmonavt boʻlgan «Shenchjou-24» kemasi «Tyangun» stansiyasi tomon yoʻl olmoqda. Ekipaj tarkibidan birinchi pokistonlik kosmonavt ham joy oldi, deya xabar berdi CGTN telekanali.

26-noyabr, 02:38
interfax.ru

Parvoz 25 noyabr kuni Pekin vaqti bilan soat 08:18 da Xitoy shimoli-gʻarbidagi Tszyutsyuan kosmodromidan amalga oshirildi. Kema bortida xitoylik kosmonavtlar Tan Hongbo va U Yi, shuningdek, pokistonlik kosmonavt Muhammad Zishan Ali bor.

Ali «Tyangun» stansiyasidagi birinchi xorijlik kosmonavt boʻladi. U orbitada qisqa muddat boʻlganidan soʻng xitoylik kosmonavtlar bilan birga «Shenchjou-23» kemasida Yerga qaytadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media