Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Tramp butalar orasida undan yashiringan kurkani afv etdi

Shukrona kuni sharafiga oʻtkazilgan anʼanaviy marosim vaqtida AQSh prezidenti Donald Tramp soʻyishdan ramziy ravishda ozod qilinishi kerak boʻlgan ikki qushdan birini darhol topa olmadi.

26-noyabr, 00:36
repubblica.it

Oq uyda Shukrona kuniga bagʻishlangan kurkalarni afv etish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu yil bayram 26 noyabrda nishonlanadi.

Tadbirda Fridom va Fezers laqabli ikki qush ishtirok etish uchun tanlandi. Biroq Trampga faqat bitta kurka taqdim etilgach, u ikkinchisi qayerda ekanini soʻradi. Oq uy vakillari Fezers maysazordagi butalar orasiga yashiringanini tushuntirdi.

«Biz Fezersni ham afv etamiz. Menimcha, ikkalasini ham afv etamiz», — dedi AQSh prezidenti. Shundan soʻng u ikkala kurkani ham afv etilgan deb eʼlon qildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Marosim kadrlari Oq uy tomonidan eʼlon qilindi.

Kurkalarni ramziy ravishda afv etish anʼanasi AQShda 1940-yillardan beri mavjud. Har yili prezident ikki qushni Shukrona kunidagi bayram taomiga aylanish taqdiridan ozod qiladi.