Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaga safari chogʻida nabirasiga xat yozdi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaga safari davomida nabirasi Shavkatbekka xat yozdi. U tez-tez safarga chiqishining sabablarini tushuntirib, bolalik yillarini esladi va mamlakat bolalariga maslahatlar berdi.

24-noyabr, 14:12

Xat yozilishiga nabirasining savoli sabab boʻldi. U bobosi safar oldidan nega tez-tez uzoq joylarga ketishini soʻragan edi. Mirziyoyev safarlari Oʻzbekistondagi millionlab bolalarning kelajagi uchun masʼuliyat bilan bogʻliqligini yozdi.

«Azizim, seni qanchalik yaxshi koʻrishimni bilasan. Ammo taqdir zim-mamga shunday masʼuliyat yukladiki, men nafaqat sening, balki Oʻzbekistonning millionlab boshqa bolalarining ham kelajagi haqida oʻylashim va gʻamxoʻrlik qilishim kerak», — deyiladi xatda.

Prezident bolaligida kattalar bilan birga mehnat qilganini aytdi: yozning jazirama issigʻida gʻoʻzani chopiq qilgan, sovuqda esa paxta tergan. Uning soʻzlariga koʻra, maktabda oʻqigan oʻn yilining qariyb yarmini dalada oʻtkazgan. Mirziyoyev, shuningdek, prezident lavozimiga kirishganidan keyin ustuvor vazifalardan biri bolalarni paxta dalalaridan maktab partalariga qaytarish boʻlganini bildirdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Xatda u barcha gʻoya va tashabbuslarni amalga oshirish uchun vaqt yetishmasligini, shu bois kamroq uxlash va koʻproq ishlashiga toʻgʻri kelishini tan oldi. Prezident nabirasiga yaxshi oʻqishni, xorijiy tillarni oʻrganishni, qobiliyatlarini rivojlantirishni va vaqtni behuda sarflamasdan qadrlashni maslahat berdi. U gadjetlar va sunʼiy intellektdan foydali foydalanishga, biroq ularga qaram boʻlib qolmaslikka chaqirdi. Muvaffaqiyatsizliklarga esa saboq chiqarish imkoniyati sifatida qarash kerakligini aytdi.

Mirziyoyev xatining yakunida xorijiy safarlar vaqtida oilasi va Oʻzbekistonni sogʻinishini yozdi. U murojaati nafaqat nabirasiga qaratilganini, maslahatlari mamlakatdagi barcha bolalarga tegishli ekanini taʼkidladi.