«Grammy-2027»da qaysi aydollar nominatsiya oldi
Mukofot tarixida ilk bor Best Asian Pop Music Performance («Osiyo pop musiqasining eng yaxshi ijrosi») nominatsiyasi taʼsis etildi. Unda olti kompozitsiya taqdim etilgan.

6 noyabr kuni Recording Academy «Grammy»ning 69-tantanali marosimi nominantlarini eʼlon qildi.
Roʻyxatdan BABYMETAL va Polyphia ijrosidagi «SUNSET KISS», BINI ijrosidagi «UNANG KILIG», IVE ijrosidagi «BANG BANG», KiiiKiii ijrosidagi «404 (NEW ERA)», LiSA ijrosidagi «YES» hamda SB19 ijrosidagi «VISA» oʻrin oldi.
BLACKPINK guruhidan Jenniga alohida eʼtibor qaratish lozim: u avstraliyalik Tame Impala musiqiy loyihasi bilan birga «Dracula» qoʻshigʻi uchun ikki nominatsiyani qoʻlga kiritdi — Record of the Year va Best Pop Duo/Group Performance nominatsiyalarida.
Yangi osiyocha nominatsiya toifasidagi nomzodlar orasida Yaponiya, Janubiy Koreya va Filippin artistlari bor.
«Grammy»ning 69-taqdirlash marosimi 2027-yil 7-fevral kuni Los-Anjelesda boʻlib oʻtadi. Marosim ABC, Disney+ va Hulu platformalarida toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish etiladi.




