Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 11 918,98EUR 13 283,70RUB 148,04Chorshanba, 28-oktabr 2026-yil
Fan va salomatlik

Olimlar umrni deyarli chorak qismga uzaytirishning oddiy usulini aytdi

Tez-tez qadam tashlash ham oʻlim xavfining kamayishi bilan bogʻliq ekani aniqlandi; tadqiqotchilar Britaniyaning sogʻliqni oʻrganishga bagʻishlangan loyihasi maʼlumotlarini tahlil qildi.

28-oktabr, 12:24

Norvegiyaning Trondxeym shahridagi Tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti tadqiqotchilari sogʻliqni oʻrganish loyihasida qatnashgan 4000 dan ortiq britaniyalik davlat xizmatchisining maʼlumotlarini oʻrgandi. Ishtirokchilar klinik koʻrikdan oʻtdi, ularning yurish tezligi va daqiqasiga tashlagan qadamlar soni esa maxsus qurilma yordamida baholandi, deb yozadi Medical Xpress.

Tezroq yurish surʼati har qanday sababga koʻra vafot etish xavfining 23 foizga kamayishi bilan bogʻliq boʻlgan. Qadam tashlash chastotasi yuqoriroq boʻlgan odamlarda bu koʻrsatkich 17 foizga past ekani aniqlangan.

Nyu-Yorkdagi Shimoliy Staten-Aylend universitet shifoxonasi tibbiyot boʻlimi raisi Teodor Strenjning fikricha, tez qadam tashlash surunkali kasalliklarni yaxshiroq nazorat qilish mumkinligidan dalolat berishi mumkin. Uning aytishicha, sogʻliq yomonlashganda yurish tezligi dastlabki belgilar qatorida pasayishi mumkin.

Strenj avval qulay surʼatda yurishni boshlashni, bir necha kun davomida qadamlar sonini kuzatishni, soʻng uni asta-sekin 5000–6000 tagacha oshirishni va kuniga 7000–8000 qadamga chiqishga harakat qilishni maslahat beradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing