Oʻzbekiston kosmik texnologiyalardan foydalanish tajribasini xalqaro miqyosda taqdim etdi
IAC-2026 oldidan oʻtkazilgan seminarda Uzcosmos agentligi sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlari mamlakatda suv resurslarini boshqarish va qishloq xoʻjaligiga qay tarzda koʻmaklashayotganini koʻrsatib berdi, deb xabar qilmoqda Bright Uzbekistan.

77-Xalqaro astronavtika kongressiga (IAC-2026) tayyorgarlik doirasidagi xalqaro anjumanlarda Oʻzbekiston kosmik texnologiyalarni qoʻllash borasidagi tajribasini namoyish etdi. Xususan, Kosmik monitoring va geoinformatsion texnologiyalar markazi mutaxassislari sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlari suv va tabiiy resurslarni nazorat qilish, qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash hamda ekologik monitoringda qanday ishlatilayotgani haqida maʼlumot berdi.
Uzcosmos agentligi direktori oʻrinbosari Muhiddin Ibragimov IAC Host Summit doirasida Samarqand shahrida IAC-2028 tadbirini oʻtkazishga tayyorgarlik jarayoni boʻyicha taqdimot qildi. U milliy pavilonni tashkil etish, mamlakatning kosmik loyihalarini ilgari surish hamda Samarqandni kongress mezbon shahri sifatida tanitish rejalari xususida toʻxtalib oʻtdi. 2026–2027-yillarda Yevropa, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Yaqin Sharq va Amerikada promo-tadbirlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
IAC-2028 anjumani Samarqandda 2028-yilning 9–13-oktabr kunlari boʻlib oʻtadi.

