Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimida 560 mlrd soʻmlik qoidabuzarliklarning oldi olindi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimda 560 mlrd soʻmlik moliyaviy audit qoidabuzarliklarining oldi olingani va 26 mlrd soʻmning maqsadsiz sarflanishiga yoʻl qoʻyilmaganini maʼlum qildi.

20-noyabr, 01:14
Sogliqni saqlash vazirligi / Wikimedia Commons

Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimida oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida moliyaviy audit sohasidagi 560 mlrd soʻmlik qoidabuzarliklar aniqlanib, ularning oldi olindi. Yana 26 mlrd soʻmning maqsadsiz sarflanishiga yoʻl qoʻyilmadi.

Tizimdagi 14 ta hududiy boshqarma va 63 ta tashkilotda ilk bor komplayens-nazorat boʻyicha bosh mutaxassis lavozimlari joriy etildi. Ular bevosita vazirga boʻysunadi. Shuningdek, nepotizmga oid 1 783 ta holat tartibga solindi: 433 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi, yana 1 332 nafar xodim rotatsiyadan oʻtkazildi.

Besh hududda sayyor qabullar oʻtkazildi. 400 dan ortiq murojaatning 260 tasi joyida hal qilindi, 1 800 nafardan ziyod fuqaro bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. 14 ta hududiy boshqarma va birlamchi boʻgʻin muassasalaridagi 29 ta tashkilotda ilk bor «yashirin xaridor» formatidagi tadbirlar oʻtkazildi.

Tibbiyot muassasalariga tegishli yer uchastkalari va koʻchmas mulk obyektlaridan maqsadli foydalanish oʻrganilgach, vazirlik balansidagi mol-mulkni raqamlashtirish boshlandi. 99 ta tibbiy jurnal va blank raqamlashtirildi, 28 ta pilot tuman va shahardagi 681 ta poliklinikada KPI moduli toʻliq joriy etildi. Tibbiyot muassasalaridagi korrupsiya holatlari haqida 1203 raqamli koll-markazga xabar berish mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media