Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Dream Chaser kosmik samolyoti AQShda qoʻnishga ruxsat oldi

Amerikaning Sierra Space kompaniyasi Dream Chaser kosmik samolyotining ilk orbital parvoziga yaqinlashdi.

13-noyabr, 12:26

AQSh Federal aviatsiya maʼmuriyati (FAA) apparatga kosmosdan qaytib, Kaliforniyadagi Vandenberg bazasiga qoʻnishga ruxsat berdi, deb xabar qiladi Naked Science.

Litsenziya besh yil amal qiladi va apparat konstruksiyasi hamda parvoz parametrlari oʻzgarmagan taqdirda, yiliga orbitadan toʻrt martagacha qaytishga imkon beradi.

Tenacity deb nomlangan seriyaning birinchi kosmik samolyoti yigʻma qanotlar bilan jihozlangan. Uni orbitaga Vulcan Centaur raketasi olib chiqishi kerak. Oddiy qaytuvchi kapsulalardan farqli oʻlaroq, Dream Chaser samolyot kabi uchish-qoʻnish yoʻlagiga qoʻna oladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Apparat Yerga qariyb 1,85 tonna yuk, jumladan, ilmiy tajribalar natijalari va nozik uskunalarni yetkazib bera oladi.

Ilk parvoz dastlab 2027 yil bahoriga moʻljallangan. Biroq FAA ruxsati kosmik samolyotning faqat qaytishi va qoʻnishiga taalluqli boʻlib, uning orbitaga uchirilishiga taalluqli emas.